Yilning eng yaxshi 23-raqam egasi kim? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 26 dekabr, 2018, 14:00
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

2018-yil ham ortda qolishiga bir necha kun qolganida Squawka nashri futbolchilarning libosidagi raqamlar bo‘yicha eng zo‘rlarini tahlil qilib tuzib chiqmoqda. Quyida 23-raqamda o‘ynagan futbolchilarning kuchli uchligi joy olgan. Albatta ular yil taqvimi ichida jamoalari uchun ko‘rsatgan o‘yinlari, ahamiyati va boshqa faktorlar asosida tahlil qilingan.

3-o‘rin. Xerdan Shakiri («Stok Siti»/ «Liverpul», Shveytsariya termasi)

Iqtidorli pleymeyker 2018-yilda bir necha muhim o‘zgarishlarga qaramay o‘z jamoalarida samarali natijalarga erishdi.

Yilni «Stok Siti»da boshlagan Shakiri klubda eng yaxshi futbolchiga aylandi. Ammo u jamoani yuqori pog‘onalarga olib chiqishning uddasidan chiqa olmadi.

Yozni Shveytsariya tarkibida Mundialni ishtirok etish bilan boshlagan futbolchi o‘zini har tomonlama ko‘rsatishga erishdi. Terma jamoasi bilan nimchorak finalgacha etib bordi.

«Stok Siti» va Shveytsariya termasidagi ajoyib o‘yinlari «Liverpul»ni 12 million to‘lab olib kelishga undadi.

Ko‘pchilik uni zaxira futbolchisiga aylanishini bashorat qilgandi. Biroq «qizillar» safida u asosiy tarkib futbolchisiga aylanishning uddasidan chiqa oldi. Ayniqsa hujumkor yarim himoyachi «Manchester Yunayted»ni dog‘da qoldirishda katta foydasi tegdi.

2018/19-yilgi mavsumni esa Premer Liga chempioni sifatida yakunlashi ham mumkin.

Muhim statistika: 2017/18-yilda u 77 ta xavfli vaziyatlar yaratdi.

  1. Kristian Pulishich («Tottenxem», Daniya termasi)

Daniyalik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamaydigan birorta top klub topilmasa kerak.

Eriksen «Tottenxem» libosida o‘zining ajoyib o‘yinini namoyish qilmoqda. Unda ajoyib uzatma berish, fantastik tarzda harakatlanish va muhim gollarni urish qobiliyati bor.

«Tottenxem» ayni vaqtda kuchli to‘rtlikda bormoqda. Bunda albatta daniyalik futbolchining hissasi katta. Evropa yashi maydonlarida ham Kristian katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

U shuningdek Daniya termasining ham haqiqiy etakchisiga aylanib olgan. Jahon Chempionatining har bir uchrashuvini to‘liq o‘tkazgan.

26 yoshli futbolchi yildan yilga tajriba orttirib bormoqda va «taqachilar» bilan yirik muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida tinmay mehnat qilmoqda.

Muhim statistika: O‘tgan mavsumda Eriksen Premer Liganing har 1.85 o‘yinida gollarda ishtirok etgan. (37 o‘yin, 10 gol, 10 golli uzatma)

  1. Samyuel Umtiti («Barselona», Frantsiya termasi)

Umtiti jismonan baquvvat himoyachi. Ammo uning o‘yinni o‘qiy olish va kerakli vaqtda pozitsiya tanlash qobiliyatiga umuman gap yo‘q.

25 yoshli himoyachi 2018-yilni chakki o‘tkazmadi. Umtitining himoya qo‘rg‘onida yo‘qligi sabab kataloniyaliklar hozircha La Liga chempionligini oldindan naqd qilganicha yo‘q. Qirol Kubogi va Ispaniya Superkubogidagi xatosi uning iqtidoriga mutlaqo soya sololmaydi.

Umtiti Frantsiya termasi safida Mundialning olti uchrashuvida o‘ynadi va ikkinchi marta Jahon chempioni bo‘lishiga katta yordam berdi.

Bular ham etmasa, Umtitining yarim finalda Belgiyaga urgan muhim golini eslaylik. U joriy yilda atigi bir gol urgan va shu yagona goli termasini finalga olib chiqqan.

Umtitidagi muvaffaqiyat, iqtidorni boshqa himoyachilarda kam ko‘ramiz.

Muhim statistika: Umtiti bu mavsumda «Barselona» tarkibida 95.4 % lik aniq uzatmalarga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Journalist Gaybullayev
26/12/2018 16:51
albatta bor, keyingi safar boshqa raqamlarga urg‘u beramiz
&
darwesh
26/12/2018 15:26
Нимага айнан 23 ракам? Бошка кизикарли ракамлар борку
Journalist Gaybullayev
26/12/2018 19:33
Ko'pchilikka 10 yoki 7 raqam qiziq, shunaqami
&
darwesh
26/12/2018 23:59
11гача булган ракамлар одатда купрок статистикага эга
&
darwesh
27/12/2018 00:23
23 ракам деганда одатда Бекс ёки Майкл Жордан эсга тушади