Yoshlar ligasi. "Lokomotiv" "So‘g‘diyona"ni yirik hisobda "taslim etdi", "Qo‘qon-1912" esa Nasaf bilan...
Bugun Yoshlar ligasida 7-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi. TTYMI stadionida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar raqiblar darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p yo‘llashdi.
Qo‘qon shahridagi "Markaziy" stadionda esa mezbon "Qo‘qon-1912" jamoasi "Nasaf" bilan kuch sinashdi. Uchrashuv davomida mezbonlar ko‘plab qulay vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, yakuniy zarbani yo‘llashda adashishdi va bellashuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan nihoyasiga etdi.
Yoshlar ligasi. 7-tur
"Qo‘qon-1912" - "Nasaf" 0:0
“Qo‘qon-1912”: 21.Abdullaev Muzaffar, 4.Islomjon Toshpo‘latov, 7.Ibrohim G‘ofurov, 17.Dilshod Baratov, 19.Ibrohim Muxtorov, 26. Avazxon Mamatxo‘jaev, 27.Doston Meliqo‘ziev, 55.Mo‘minjon Sodiqjonov, 70.Sardorbek Isaqov, 97.Oybek Rustamov, 98.Saveliy Abramov.
Zahira: 12.Muhammadali Sobirov, 8.Baxtiyor Abdubannonov, 9. Ramzbek Isaqov, 11.Muslim Qurbonov, 25.Ismoil Oxunjonov, 96.Bahodir Akramov, 99.Avazbek Yusufjonov.
“Nasaf”: 65.Mashxur Muxammadjonov, 4.Jo‘rabek Mannonov, 5.Otabek Komiljonov, 6.Akmal Mozgovoy, 10.Xudoyor Sagdullaev, 15.Sherzod Temirov, 16.Navro‘zjon Izzatullaev, 28.Sardor Sa’dullaev, 32.G‘olib G‘aybullaev, 34.Samandar Shukrullaev, 96.Dadajon Mamatqulov.
Zahira: 1.Umidjon Ergashev, 7.Oybek Bozorov, 14.Jahongir Qurbonov, 17.Muhriddin Zoirov, 22.Ma’ruf Jumaev, 38.Bobir Davlatov, 99.Abduvohid Ne’matov.
"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" 5:0
Gollar: A. Amonov (21, 28, 59), B. Ergashev (42, 69)

Fikrlar