
Yurgen Klopp hozirgi "Liverpul" nimadir yutishiga ishonmoqda
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp uning jamoasi qachon sovrin yutishi mumkinligi haqida berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Men bundan avval ham qachon sovrin yutishimizni bilmayman deb bir necha bor aytganman. Lekin, ishonamanki ushbu jamoa nimadir qo‘lga kiritadi. Keling hozircha hayotdan, futboldan va biz erishgan natijalardan zavqlaning”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Klopp 2015 yilning oktyabridan buyon “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida mersisaydliklar uni qo‘l ostida Angliya liga kubogi, Evropa ligasi va Chempionlar ligasi musobaqalarining finaliga qadar etib bora olishdi. Biroq, ularning hech birida g‘alaba qozona olishmadi.
Fikrlar