"Yuventus" 2 nafar bo‘lajak yulduz futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 27.10.2018 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi o‘z safiga bo‘lajak ikki yulduz futbolchini qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Caughtoffside nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt hamda "Borussiya" Dortmund xavbeki Kristian Pulishichlar haqida ketmoqda. Qayd etish lozimki, yuqorida nomlari tilgan olinganlarning har ikkalasi ham kelajagi porloq futbolchilar sifatida e’tirof etilmoqda.

Ma’lumot uchun,  de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Pulishich esa 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!