"Yuventus" 52 yillik natijaga yaqinlashdi
Turinning “Yuventus” klubi kecha Italiya A Seriyasi 24-turida “Fiorentina”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kechagi ikki goldan so‘ng “Yuventus” futbolchilari kiritgan gollari soni 61 taga etdi. Ular o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 15 to‘p olib chiqishgan va to‘plar nisbati 24-turdan so‘ng “+46”ni tashkil etmoqda hamda jamoa bu borada o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
A Seriya tarixida esa faqatgina “Fiorentina”da bundanda yaxshi ko‘rsatkich bo‘lgan. Aniqrog‘i “fialkalar”da 1958/59 yilgi mavsumda 24 turdan so‘ng to‘plar nisbati “+52” ko‘rinishiga bo‘lgan.

Fikrlar