
"Yuventus" Dibalani qanchaga sotmoqchi?
Turinning "Yuventus" klubi hujumchi Paulo Dibalaning transfer bahosini e’lon qildi.
Corriere di Torino nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 24 yoshli argentinalik futbolchini 100 mln evroga baholamoqda. Bordiyu qaysidir jamoa ushbu mablag‘ni to‘lab Dibalani sotib olsa, turinliklar ushbu mablag‘larni yozda “Real”dan sotib olingan hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi uchun sarflangan pullarni bir qismini to‘ldirishga yo‘naltirishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, “Yuve” o‘shanda 33 yoshli porutgaliyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 117 mln evro to‘lagan edi.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar