
"Yuventus" Isko uchun o‘zining 2ta etakchi futbolchisidan voz kechishga tayyor
Turinning "Yuventus" klubi yozda "Real" xavbeki Iskoni sotib olishga urunib ko‘radi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 26 yoshli ispaniyalik futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun Sami Xedira hamda Miralem Pyanich kabi futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Isko uchun shuningdek “Manchester Siti” ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Madridliklar esa uning transferidan kamida 100 mln evro ishlab olishmoqchi.
Fikrlar