"Yuventus" Mbappega qiziqish bildirmoqda
“Yuventus” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Parijliklar hozirda moliyaviy feyr-pley muammolari bilan ovora, shuning uchun jamoaning etakchi futbolchilaridan birini sotishi mumkin.
Buning uchun frantsuz klubi 20 yoshli o‘yinchi uchun 200 million evro so‘rashi kutilmoqda. Shunday qilib, Mbappening transferi uchun esa “Yuventus” Paulo Dibalani sotishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Mbappe bu mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 19 o‘yinda 16 gol va 10 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar