"Yuventus" Mendeshning yana bir mashhur mijozini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi portugaliyalik super agent Jorje Mendeshning yana bir super mijozini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Rai Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap ayni damda ijara asosida “Bavariya”da to‘p surayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, “Yuventus” yozda Mendeshning eng nomdor mijozi - Krishtianu Ronalduni 112 million evroga sotib olgan edi.



Fikrlar