
“Yuventus” Pogbani qaytarishga urinib ko‘radi
“Yuventus” rahbariyati 2018/19 mavsum yakunidan keyin “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi, deya xabar beradi Tuttosport nashri. Frantsuz futbolchisi turinliklar safida 2012-2016 yillarda to‘p surgan.
Manbada yozilishicha, 25 yoshli futbolchining qaytishiga turinliklar safida Krishtianu Ronaldu borligi asosiy sabab bo‘lishi mumkin. Klubda Pogbaning besh karra “Oltin to‘p” sohibi bilan bir jamoada o‘ynashga qiziqishiga ishonishmoqda.
Ushbu futbolchiga “Yuventus”dan tashqari “Barselona” ham qiziqish bildirgan.
“Yuventus” 2019 yil yozida portugaliyalik futbolchining yana bir sobiq jamoadoshi Marseloni olib kelishni rejalashtirgan.
Pogba MYu bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Marselo esa 2021/22 mavsum so‘nggiga qadar “Real” sharafini himoya qiladi.
Fikrlar