"Yuventus" Xamesning transferi borasida "Real"ga taklif tayyorlamoqda
Turinning “Yuventus” klubi “Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, nemis grandi ijara muddati yakuniga etgach kolumbiyalik futbolchini 42 mln evro evaziga sotib olish huquqiga ega, ammo myunxenliklar buni istashmayapti. O‘z navbatida Xames “Real”ga qaytish istagini bildirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” yozgi transferlar davrida “Real”ga aynan 42 mln evro taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Xames jarohat olib joriy yil oxirigacha safdan chiqqan edi.



Fikrlar