"Yuventus" boshqaruvchisini "Inter" o‘ziga chorlamoqda
Milanning "Inter" klubi "Yuventus" bosh direktori Beppe Marottani o‘z safiga chorlamoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 61 yoshli funktsioner allaqachon ushbu taklif yuzasidan “neradzurrilar” aktsioneri xisoblangan Xitoyning Suning Group kompaniyasining jamoa uchun biriktirilgan vakili Stiven Tsang bilan ham gaplashgan. Ularning o‘zaro suhbatida “Inter”ni yana Evropa grandlari qatoriga olib chiqish masalasi muhokama qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda Beppe Marottaga shuningdek “Manchester Yunayted”dan ham takliflar bo‘lmoqda.

Fikrlar