"Yuventus" bugun Ronaldusiz o‘ynaydi, "Yang Boyz" Turinda ochko ola biladimi?

  • 2 oktabr, 2018, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.

Jumladan, Turinning “Yuventus” klubi bugun o‘z maydonida Shveytsariya chempioni hisoblangan “Yang Boyz” klubini qabul qiladi.

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Yuventus”ning EChLdagi g‘alabali seriyasi 9ta o‘yindan buyon davom etib kelmoqda.

- “Yang Boyz” Chempionlar ligasida o‘tkazgan safardagi so‘nggi 7ta bahsining 6tasida mag‘lub bo‘lgan.

- Turinliklar joriy mavsum o‘z maydonlarida o‘tkazilgan bahslarda raqiblari darvozasiga kamida 2ta gol urishmoqda.

- “Yuventus” EChLning guruh bosqichida ketma-ket 18ta o‘yindan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.

"Yuventus" – "Yang Boyz"

Stadion: "Yuventus Stedium" (Turin, Italiya)

Boshlanish vaqti: 21:55

Bosh hakam: Sergey Karasev (Rossiya)

Taxminiy tarkiblar:

"Yuventus": Shensni – Kanselu, Bonuchchi, Kellini, Sandro, Pyanich, Matyuidi, Jan, Bernardeski, Dibala, Manjukich.

"Yang Boyz": Ballmoos – Shik, fon Bergen, Kamara, Benito, Sannogo, Ebisher, Fassnaxt, Suleymani, Oaro, Assale.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!