
"Yuventus" etakchilaridan biri APLda o‘ynash istagida
"Yuventus"ning braziliyalik himoyachisi Aleks Sandro o‘zini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rish niyati borligini aytdi.
“APLda to‘p surishni xohlayman, biroq, hozir “Yuventus” bilan birga A Seriyada o‘ynayotganimdan baxtliman. Hozir bu erda o‘zimni baxtiyor his qilyapman”, - deydi Sandro.
Ma’lumot uchun, Sandro “Yuventus” safiga 2015 yil 26 mln evro evaziga “Portu”dan kelib qo‘shilgan edi. Unga hozirda "Real", PSJ, "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar