"Yuventus" etakchilarini tarkibda ushlab qolmoqchi

  • 11 avgust, 2018, 14:25
  • 0
  • Futbol

Sportitalia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Turin klubi shu maqsaddai himoyachi Aleks Sandro va yarim himoyachi Miralem Pyanich bilan shartnomalarni uzaytirishni rejalashtirgan. Hozirda bu futbolchilarga Evropaning turli klublaridan rasmiy takliflar kelib tushmoqda.

Sandroning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa, Pyanichniki 2021 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sandroning xizmatlariga PSJ va "Manchester Yunayted" jamoalari, Pyanichga esa "Real" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!