"Yuventus" rahbarlari "Barselona"ning yulduz futbolchisini olish yo‘lini qidirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Kataloniyaning "Barselona" klubi va jamoaning argentinalik etakchisi Lionel Messi o‘rtasidagi shartnomani yangilash masalasi boshqa futbolchilarning taqdiriga ham keskin ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Chunki ko‘plab mutaxassislar "Barselona" agar Messi talab qilayotgan maoshni berishga rozi bo‘lsa, xarajatlarni qoplash uchun asosiy tarkibda porlay boshlagan ayrim futbolchilarni boshqa klublarga transfer qilishga majbur bo‘ladi.

Italiya chempioni "Yuventus" ham aynan "Barselona"dagi o‘zgarishlardan foydalanib qolishga harakat qilmoqda. Italiyaliklarga o‘tgan yili yozda kataloniyaliklar tarkibiga qo‘shilgan Andre Gomesh kerak. Turinliklar bu futbolchini qo‘lga kiritish yo‘lida "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrikening ham ishdan ketishi kutishmoqda. Chunki Gomeshni Enrike tashabbusi bilan "Barselona"ga olib kelingan va bosh murabbiy joyida qolsa uni hech qachon boshqa jamoaga bermaydi.

Andre Gomesh joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, yuqori saviyali futbolchi ekanini namoyish qildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!