"Yuventus" ustozi "Inter"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 8 dekabr, 2018, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha "Inter"ga (1:0) qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Inter” o‘yinni juda yaxshi boshladi. Ular ichida Joau Mariu va Galyardinini alohida tilga olishim mumkin. Biz ushbu futbolchilarni zararsizlantirish uchun barcha kuchimizni yo‘naltirdik.

Manjukichning ikkinchi bo‘limda qanotda o‘ynagani Dibalaning o‘yiniga yaxshi ta’sir qildi. Shundan so‘ng biz yanada faolroq o‘ynadik va raqibga bosim o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘lim to‘liq bizning qo‘l ostimizda o‘tdi.

To‘g‘ri, chempionat hali yakunlanmadi, ammo biz bugun yutqazmasligimiz shart edi”, - deydi Allegri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!