"Yuventus" va MYu Remzi uchun kurashga qo‘shildi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli uelslik futbolchi "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalarning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Bundan avvalroq esa Londonning “Chelsi” klubi ham Remzini o‘z safida ko‘rish istagi boriligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Remzi joriy mavsum “Arsenal” safida jami 19ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar