
Zaxiradan yana asosiygacha: Sanening jasorati
Germaniyalik futbolchi mavsum avvalida Pep Gvardiola tomonidan zaxiraga «mixlanib» qo‘yilgan edi. Ammo asta-sekin asosiy tarkibdagi o‘rnini topib borgan Leroy Sane kecha EChLning guruh bosqichi so‘nggi turida «Xoffenxaym»ga qarshi o‘yinda o‘zini har tomonlama ko‘rsatishga erishdi.
Kechagi o‘yin Gvardiola mutlaqo baxtsiz edi. U asosiy tarkibni o‘zi istamagan uslubda chiqarishga majbur bo‘ldi. «Manchester Siti»dagi jarohatlar epidemiyasi sabab asosiy tarkib unchalik kuchli ko‘rinish hosil qilmadi. Shu sababli «Hoffenxaym»ga qarshi uchrashuvda bir qator zaxira o‘yinchilariga o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun imkon berildi.
Shu sababli Fil Foden Evropa doirasidagi ilk debyutini o‘tkazdi. Kayl Uokerga dam berish uchun o‘ng qanotda Jon Stouns o‘ynadi. Biroq bu reja umuman ishlamadi.
«Shaharliklar» joriy mavsumning bir necha o‘yinida qiyin uchrashuvlarni o‘tkazdi. Shulardan biri bir necha hafta avval «Bornmut»ga qarshi bahs edi. Kechagi bahsda Stouns Uoker emasligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Yarim himoyadagi nazoratni David Silva va Fernandinolarsiz boshqarish qiyinligini Ilkay Gyundogan va Fodenlar namoyish qilib berishdi.
Ko‘pchilik futbolchilarning to‘liq qo‘llab-quvvatloviga qaramay, Gvardiola mukammallikka intiluvchilar sirasiga kiradi. U doim ajoyib o‘yin ko‘rsatishni talab qiladi. Yulian Naydjelsmann qo‘li ostidagi «Xoffenxaym» jon saqlash maqsadida maydonga chiqdi.
Ular Chempionlar Ligasidagi ishtiroki de-fakto allaqachon tugagan bo‘lsada, «shaharliklar»ga qarshi bor mahoratlarini namoyish qilib, boshlarini baland ko‘targan holda tark etishni niyat qilishgandi. Nemis jamoasiga Kramarich katta foydasi tegdi. «Lester» muxlislari xorvatiyalik hujumchini yaxshi bilishadi. Angliyada mo‘jiza ko‘rsatganidan keyin «tulkilar» aynan Kramarichni ne-ne orzu-umidlar bilan olib kelgandi. Xorvatiyalik futbolchi oqibatda «tumanli Albion»da o‘zini ko‘rsata olmadi.
Ammo katta sahnaga Leroy Sane chiqdi. «Xoffenxaym» jarima maydonchasi yaqinida ishlab olingan jarima zarbasiga Sane yaqinlashdi. Odatda unga jarima nuqtasidan zarba yo‘llash imkoniyati berilavermaydi. Biroq bu o‘yin oldingilaridan farq qilardi. Sane jamoasiga muvozanatni qaytarib berdi.
Birinchi bo‘limda Gabriel Jezus va Niklas Otamendilar o‘zlarini ko‘rsatishga urinib ko‘rishdi. Bu Gvardiolaning «A rejasi» ishlamagan paytda qo‘llaydigan «B rejasi» hisoblanadi. Biroq ular ham yordam berolmagan pallada Sane tufayli «Manchester Siti» birinchi bo‘limni amallab tugatib oldi. Ikkinchi taymdagina mehmonlar o‘zlariga o‘xshay boshladi.
OAVda o‘tgan haftad ko‘p bora tilga olingan Rahim Sterling chaqnadi. Aynan u qarshi hujumda jamoadoshlari bilan yaxshi hamkorlikni amalga oshirdi va jamoa g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ammo «shaharliklar» erishilgan ustunlikni qisqa fursatda raqibga topshirib qo‘ydi. Sane va Sterlinglar qattiq mehnat qilishsada, qolganlar o‘zlariga kelolmagan edi. Germaniyalik vinger shu tariqa yangi mavsumda barcha musobaqalardagi ettinchi golini kiritishga erishdi. U kechagi o‘yini bilan etakchi etishmayotgan bir pallada jamoasiga bajonidil yordam bera olishini kataloniyalik murabbiyga ko‘rsatib qo‘ydi.
Joriy mavsum Sane uchun yoqimli tarzda boshlanmadi. Uning Germaniya terma jamoasi tarkibida Jahon Chempionatida ishtirok eta olmaganidan boshlab faoliyatida qisqa muddat pasayish kuzatildi.
Kamiga Pep Gvardiola yozda tarkibni Riyod Mahrez bilan kuchaytirib oldi va bu 22 yoshli vingerning zaxiraga «mixlanib» qolishiga sababchi bo‘ldi. Ammo Sane o‘z ustida tinmay ishladi va murabbiyning ishonchini qayta qozonishga urinib ko‘rdi.
Bundan keyin Sane zaxira varianti sifatida emas, balki yana asosiy qurol sifatida ishlasa kerak.
U jamoasining o‘yindan oldingi matubot anjumanida ishtirok etdi. Sterling bilan birga undan kelajagi borasida so‘raldi.
Sane 2016-yilda «Shalke»dan 37 million evro evaziga olib kelingandi. Uning ingliz jamoasi bilan tuzgan shartnomasi muddati besh yil. Klub yaqinda Sterling, David Silva, Serxio Aguero, Ederson va De Bryuynelar bilan ancha foydali shartnomalar imzolagan edi. Hozircha Sane bilan shartnoma muddati uzaytirilganicha yo‘q.
Biroq uning kechagi o‘yini davom etsa, klub u bilan ham hamkorlikni davom ettirishi aniq.
Fikrlar