
"Zenit" Markizioni qachon ommaga tanishtiradi?
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi o‘zining yangi xaridi – Klaudio Markizioni qachon ommaga rasman tanishtirishini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra piterliklar italiyalik mashhur futbolchini 9 sentyabr kuni Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinidan oldin muxlislarga tanishtiradi.
Eslatib o‘tamiz, Markizio “Zenit” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U ayni damda Rossiya premer-ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar