"Zenit"dan navbatdagi kambek (video)

  • 23.08.2018 23:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval UEFA Evropa ligasining 4-saralash raundidan o‘rin olgan "Zenit" hamda "Molde" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

"Sankt-Peterburg Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar o‘z darvozasidan birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, 3:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, piterliklar o‘tgan hafta ham iroda ko‘rsatib, birinchi o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, o‘z uylarida kechgan javob bellashuvida 8:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Ma’lumot uchun, "Molde" va "Zenit" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 30 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!