
Zuhriddin Mahkamov "Uzbek Tigers"ning navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan WSB musobaqasining to‘rtinchi jangida "Uzbek Tigers" vakili 91 kg vaznda Zuhriddin Mahkamov raqib jamoa a’zosi Islom Tekeevga qarshi ringga ko‘tarildi.
Barcha raundlarda o‘z ustunligini ta’minlagan bokschimiz hakamlarning bir ovozdan bergan ovoziga ko‘ra, jamoamizning navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, o‘tkazilgan to‘rtta janglarning barchasida "Uzbek Tigers" zafar quchib, amalda g‘alabani naqd qilib qo‘ydi. Bir oz avval Abdulhay Shoarhmatov, Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov ham g‘alaba qozongan edi.
Endi so‘nggi jangda Hasanboy Do‘smatov Bator Sagaluevga qarshi ringga ko‘tariladi.
The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.
Fikrlar