
A Seriya 10-tur ramziy jamoasiga "Roma"dan ikki futbolchi tanlab olindi (foto)
Italiya A Seriyasi 10-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
So‘nggi turda grandlardan faqat "Yuventus" sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan boshqa klublar o‘z hisobiga navbatdagi 3 ochkoni yozib qo‘ydi. Xususan, Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" ham.
Rimliklar 10-turni "Kalyari" maydonida o‘tkazib, 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani tantana qildi. Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" nashri ramziy terma jamoaga "burgutlar"ning ikki nafar futbolchisini tanlab oldi.
Quyida to‘liq jamoa bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar