A Seriya. Dibala dubl, Belotti esa debyut qilgan uchrashuvda "Roma" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 31 avgust, 2022, 01:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 4-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Montsa" bahsi yakunlandi. Unda Mourino shogirdlari 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani tantana qildi. 

"Bo‘rilar" safida Paulo Dibala dubl muallifga aylandi. Shuningdek, Ibanes ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Ayni vaqtda rimliklar 10 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadam hisoblanadi. Hali ochko qo‘lga kirita olmagan "Montsa" so‘nggi pog‘onani band etib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!