A Seriya etakchilaridan biri 43 yoshli Buffonni o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 16 aprel, 2021, 17:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi darvozabon Janluiji Buffonni A Seriyaning boshqa bir etakchisi o‘z safiga chorlamoqda. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 43 yoshli posbonga "Atalanta"dan taklif bo‘lmoqda.

Tecno

Buffon yozda bergamoliklar safidan ketishni rejalashtirayotgan darvozabon Perluiji Gollini o‘rnini egallashi mumkin. Aytish lozimki, "Atalanta" Buffonga bundan ikki yil oldin ham qiziqish bildirgan edi.

Buffon joriy mavsum "Yuventus" safida jami 11 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Bundan avvalroq “Yuventus” Janluiji Buffon o‘rniga “Milan” darvozaboni Janluiji Donnarummani olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!