A Seriya grandi 1 yildan buyon maydonga tushmagan futbolchini sotib olmoqchi

  • 11 may, 2020, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Latsio" 24 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Loftus-Chik jarohati sabab deyarli bir yildan buyon maydonga tushmayapti.

Rimliklarda bundan tashqari "Red Bull Zaltsburg" xavbeki Dominik Soboslai nomzodi ham bor. U joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdiri qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!