
A Seriya. "Inter" "Spetsiya"ni mag‘lub etib, yana peshqadamga aylanib oldi
A Seriya 33-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Milanliklar safida gollarga Marselo Brozovich, Lautaro Martines va Aleksis Sanches mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli Julio Majore hisobiga yozib qo‘yildi.
Mazkur natijadan so‘ng "Inter" ochkolari sonini 69 taga etkazib olib, yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Spetsiya" hisobida 33 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 15-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar