A Seriya klubi Shomurodovni ijaraga olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi (foto)

  • 12 yanvar, 2023, 09:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov katta ehtimol bilan faoliyatini "Torino"da davom ettiradi.

Tecno

Taniqli insayder Janluka di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar legionerimizni ijaraga olish maqsadida "Roma"ga rasmiy taklif yuborgan. Hujjatga ko‘ra, jamoa Shomurodovni 12 million evro evaziga xarid qilish sharti bilan 1 yilga ijaraga olmoqchi.

Hozircha, rimliklarning bu so‘rovga javobi aniq emas. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!