
A Seriya. Markaziy o‘yinda "Napoli" raqibni tor-mor etdi
A Seriya 14-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Latsio" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mezbonlar safida Mertens dubl qayd etdi. Shuningdek, Zelinskiy va Fabian Ruis ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng neapolliklar ochkolari sonini 35 taga etkazib olgan holda, Italiya chempionati turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. 21 ochkoga ega "burgutlar" esa 8-o‘rinni band etgan.
Fikrlar