
A Seriya. "Milan" chempionlik sari dadil qadam tashladi
A Seriya 35-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Fiorentina" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Rafael Leaoning 82-daqiqada urgan goli o‘yin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "rossonerilar" hisobidagi ochkolar soni 77 taga etdi. Ayni vaqtda ular A Seriya peshqadami hisoblanadi. 56 ochkosi bor florentsiyaliklar 7-o‘rinni band etgan.
Fikrlar