
A Seriya. "Milan" va "Inter" bir xil hisobda zafar quchdi. Uzoq kutilgan chempionlik!
A Seriya 38-turidan o‘rin olgan "Sassuolo" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yinda Jiru dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Kessi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Milan" ochkolari sonini 86 taga etkazib olgan holda, A Seriya chempioniga aylandi. 50 ochkosi bor "Sassuolo" 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar