A Seriya. "Otishma"ga aylanib ketgan o‘yinda Rim klubi g‘alaba qozonib, o‘z hamshaharini quvib o‘tdi

  • 1 may, 2022, 01:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 35-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Latsio" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Burgutlar" tarkibida Immobile, Provedel, Milinkovich-Savich hamda Acherbi gol urgan bo‘lsa, mezbonlar safida Adu, Agudelo hamda Xristov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Ushbu natijadan so‘ng Rim klubi hisobidagi ochkolar soni 59 taga etdi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. 33 ochkosi bor "Spetsiya" 16-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!