
A Seriya. "Roma" kichik hisobda g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa chiqib oldi (turnir jadvali)
Italiya A Seriyasining 23-turida "Roma" "Verona"ni o‘z maydonida qabul qilib, kichik 1:0 hisobidan g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 45-daqiqada Solbakken tomonidan kiritildi. Vinger Spinatstsola uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Roma" 3 ochkoni qo‘lga qiritdi va 3-o‘ringa chiqib oldi. Quyida turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar