
A Seriya. "Roma" markaziy o‘yinda yutqazdi. Shomurodovdan assist!
Italiya A Seriyasi 34-turidan o‘rin olgan "Inter" va "Roma" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Rimliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov 78-daqiqada Abraxam o‘rniga maydonga tushdi. 85-daqiqada aynan hamyurtimizning uzatmasidan keyin Mxitaryan hisobni qisqartirdi.
Ma’lumot uchun, "Inter" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 72 taga etkazib, peshqadamga aylandi. "Bo‘rilar" esa 58 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.
Fikrlar