
A Seriya. "Roma" "Napoli"ga imkoniyatni boy berdi. Shomurodov zaxiradan tushdi
Italiya A Seriyasi 11-turi doirasidagi "Roma" - "Napoli" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda rimliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi taym oxirrog‘ida kiritildi. "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen 80-daqiqada birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va Patrisiu darvozasini ishg‘ol qildi. Mazkur hisob bellashuv oxirigacha o‘zgarmadi va nepolliklar Rimdan 3 ochko bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinning 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Fikrlar