A Seriya. "Roma" va "Napoli" g‘alaba qozondi

  • 01.02.2021 06:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya A Seriyasining 20-turida “Roma” o‘z maydonida “Verona”ni qabul qildi.

Rimda kechgan bellashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda 3:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Roma”ga g‘alaba keltirgan gollarni Janluka Manchini (20'), Genrix Mxitaryan (22') va Borxa Mayoral (29') kiritdi. “Verona”ning yagona goliga esa Ebrima Kolli (62') mualliflik qildi.

Shuningdek, “Napoli” o‘z maydonida “Parma”ni qabul qildi. Neapolda kechgan bahs 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarni Elif Elmas (32') va Matteo Politano (82') kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!