
A Seriya. Turning markaziy bellashuvida 7 ta gol kiritildi
Italiya A Seriyasining 32-turi doirasidagi "Napoli" - "Latsio" bahsi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi taym Lorentso Insine va Mateo Politanoning gollari bilan yakuniga etdi. Ikkinchi taym avvalida Insine dublni rasmiylashtirdi, Mertens hisobni yanada yiriklashtirdi. Shundan so‘ng, rimliklar biroz o‘ziga kelib, Immobile va Milinkovich-Savichning gollari evaziga hisobni qisqartirib oldi. O‘yinga yakuniy nuqtani Osimen qo‘ydi.
G‘alabaga erishgan neapolliklar bevosita "Latsio" bilan oradagi farqni 5 taga etkazib oldi. 63 ochko to‘plab 5-o‘rinda borayotgan Gattuzo shogirdlarini "Yuventus"dan 2 ochko ajratib turibdi. "Latsio" esa 58 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar