
A Seriya. "Yuventus" autsayderni kambek evaziga mag‘lub etdi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Salernitana" - "Yuventus" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
39-daqiqada mezbonlar futbolchisi Majore hisobni ochdi. 53-daqiqada u qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng "keksa senora" 65-daqiqada Ayling hamda 90+1-daqiqada Vlaxovich tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Ayni dam 46 ochkosi bor turinliklar A Seriya turnir jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar