
A Seriya. "Yuventus" chempionlik uchun kurashga qaytdi
A Seriya 29-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Yuventus" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Turinliklar safida Morata dubl qayd etdi. Shuningdek, Yoshida avtogol muallifiga aylandi. Mezbonlarning yagona goli Sabiri tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "keksa sinora" ochkolari sonini 56 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Italiya chempionati turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 26 ochkosi bor "Sampdoriya" 16-pog‘onadan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Allegri shogirdlarini peshqadam "Milan"dan 4 ochko ajratib turibdi.
Fikrlar