
A Seriya. "Yuventus" kutilmaganda safarda "Jenoa"ga mag‘lub bo‘ldi
Italiya chempionati 14-turida kutilmagan natija qayd etildi.
Turnir peshqadami "Yuventus" safarda "Jenoa" mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. G‘oliblar safida Simeone dubl qayd etgan bo‘lsa, Aleks Sandroning avtogoli "Jenoa" foydasiga o‘ynadi.
Turinliklardan Miralem Pyanich bitta javob to‘pini kiritldi.
"Jenoa" – "Yuventus" 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 3 Simeone, 2:0 – 13 Simeone, 3:0 – 29, avtogol Aleks Sandro, 3:1 – 82 Pyanich.
"Jenoa" – Perin, Itstso, Burdisso, Munos, Lazovich (Edenilson, 68), Kofi, Laksalt, Rigoni (Gakpe, 87), Rinkon, Okampos (Biraski, 89), Simeone.
"Yuventus" – Buffon, Bonuchchi (Rugani, 33), Benatiya, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Iguain, 53), Ernanes, Xedira (Sturaro, 70), Kuadrado, Pyanich, Dani Alves, Manjukich.
Ogohlantirishlar: Rinkon (24), Kuadrado (77), Kofi (81), Sturaro (90), Biraski (90).
Fikrlar