A Seriyada qaysi o‘yinlar bo‘sh stadionda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Koronavirus sabab Italiya A Seriyasi 26-turining bir qancha bahslari muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Bir muddat oldin Italiya sport ishlari vaziri Vinchentso Spadafora mamlakatdagi vaziyatga qarab chempionat bahslari bo‘yicha qaror e’lon qilinishi haqida aytib o‘tgan edi.
Ammo kecha ushbu masala bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokarada 26 turning qator o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazilishiga qaror qilingan.
Unga ko‘ra, qo‘yidagi o‘yinlar bo‘sh stadionda o‘tkaziladi:
"Udineze" – "Fiorentina" (29 fevral)
"Yuventus" – "Inter" (1 mart)
"Milan" – "Jenoa" (1 mart)
"Sassuolo" – "Breshiya" (1 mart)
"Parma" – SPAL (1 mart)

Fikrlar