
A Seriyaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
“Atalanta” hujumchisi Duvan Sapata Italiya A Seriyasining o‘tgan dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik futbolchi o‘tgan oy chempionatning 6ta o‘yinida maydonga tushib raqiblari darvozasiga naqd 9ta gol urishni uddalagan edi. Jumladan, u “Yuventus”ga qarshi o‘yinda dubl, “Udineze”ga qarshi o‘yinda esa xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar