A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin

  • 8 iyun, 2021, 22:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Atalanta"ning argentinalik himoyachisi Kristian Romeroning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “qizil iblislar” 23 yoshli futbolchini shu yozda sotib olmoqchi va buning uchun bergamoliklarga 45 million evro to‘lashga tayyor.

Qayd etish lozimki, Romero yakunlangan 2020/2021 yilgi mavsumda A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan edi.

Kristian Romero o‘tgan mavsum "Atalanta" safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!