Abbosbek Fayzullaev jamoasi o‘zbek klubi bilan o‘ynaydi

  • 13 mart, 2024, 15:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mart oyidagi FIFA kunlarida Moskvaning TsSKA klubi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqida "armiyachilar" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Uchrashuv 22 mart kuni "VEB Arena"da bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, 21-26 mart kunlari O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Gongkong bilan o‘ynaydi. Abbosbek Fayzullaev terma jamoaga chaqirilgani sabab ushbu nazorat bahsida ishtirok etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!