
Abdumalik Xalokov: Bu raqibimni oldin o‘z vatanida ham yutganman"
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi) bilan ringga ko‘tarildi. Jang birinchi raundda yakunlandi. Abdumalik Xalokov raqibiga zarba bilan jarohat etkazib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.
Jangdan so‘ng Abdumalik o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Rostini aytsam, bu raqibim bilan oldin to‘qnash kelganmiz. O‘shanda Qirg‘izistonda, o‘z vatanida yutganman. Shukurki, bu safar ham chiroyli g‘alaba qozondim.
Agar biz to‘g‘ri yursak, yaxshi niyat bilan harakat qilsak xammasi zo‘r bo‘ladi. Murabbiyimga katta rahmat. Shu darajaga etishimga u kishi asosiy sababchidir. Muxlislarga ham alohida tashakkur.
Bu raqibimni janglarini kuzatgandik. Murabbiyim shunday taktika qo‘ydi: Birinchi raundda bittalik zarbalardan boshlaysan, kerakli joyda ikkitalik urasan. Ertaga ham chiroyli g‘alaba qozonamiz", - dedi Xalokov.
Fikrlar