Abdumalik Xalokov ham keyingi bosqichda!
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bokschimiz Abdumalik Xalokov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, turkiyalik Mehmetxan Chinarni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi - 5:0. Chempionimizning keyingi bahsi 8 sentyabrga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar