Abduqodir PSJ yulduzlarini “yanchib” tashlagan edi. PSJ nega Husanov transferidan bosh tortdi?

  • 10 yanvar, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov joriy mavsumda Frantsiyaning amaldagi chempioni va so‘nggi yillardagi eng qudratli jamoasi “Pari Sen-Jermen”ga qarshi ikki marotaba maydonga tushdi.

Tecno

Dastlab, Liga 1 musobaqasining 2 noyabrda bo‘lib o‘tgan 10-tur uchrashuvida parijliklar o‘z maydonida “Lans”ni qabul qildi. Mezbonlar to‘rtinchi daqiqadayoq Usmon Dembele tomonidan kiritilgan tasodifga yaqin gol tufayligina g‘olib chiqdi.

Abduqodir Husanov qolgan vaziyatda Bredli Barkola, Marko Asensio, Usmon Dembele, Ashraf Hakimi kabi PSJ yulduzlaridan birortasini davrozaga yaqin yo‘latmadi. Biroq uchrashuvning 60-daqiqasida hamyurtimizning Ashraf Hakimiga qo‘llagan podkati qo‘pol chiqdi va Abduqodir maydondan chetlatildi.

Ikkinchi to‘qnashuv Frantsiya kubogining 1/32 bosqichiga to‘g‘ri keldi. Bu gal “Lans” mezbonlik qilgan uchrashuvda Abduqodir Husanov parijlik yulduzlarni rosmana yanchib tashladi. 20 yoshli legionerimiz himoyada mustahkam turish barobarida raqib darvozasiga xavf soldi. “Lans”ning goli ham aynan o‘zbek futbolchisi mehnatlari evaziga kiritildi.

Bu bellashuvdan keyin Evropa matbuotida PSJ qishki transferlar vaqtida Abduqodir Husanovni transfer qilishi haqida ma’lumotlar ko‘paydi. Aslida parijliklar o‘zbekistonlik himoyachiga birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgan edi.

Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan foot-sur7.fr nashri ekspertlari PSJning Abduqodir Husanov transferi bo‘yicha oxirgi pozitsiyasi haqida ma’lumot berdi.

Sports.uz portali ushbu tahlilni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- PSJ mutasaddilari qishki transferlar oynasi davrida “Lans” himoyachisi Abuqodir Husanovni olishga urinayotgan bir paytda bosh murabbiy Luis Ennikening pozitsiyasi o‘zgarib qolgani bu transferning muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Tez orada Milan Shkrinyarning Parijdan ketishi tarkibda bo‘sh o‘rin ochilishiga olib keladi va uni tezroq to‘ldirish talab etiladi. Parij klubi rahbariyati aynan mana shu pozitsiyaga “Lans”ning yosh markaziy himoyachisini olib kelishni mo‘ljallayotgan edi.

O‘zbek futbolchisining Liga 1 doirasidagi uchrashuvlarda ishonchli va hayratlanarli o‘yinlari darrov PSJ selektsionerlarining ham e’tiborini qozondi. Poytaxtliklar Abduqodir Husanovning transferi uchun “Lans” talab qilayotgan 25 million evroni to‘lashga tayyor edi.  Bu transferga PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike to‘sqinlik qilmoqda.

Le Parisien gazetasining yozishicha, ispaniyalik murabbiy 20 yoshli o‘zbek futbolchisining istiqboliga shubha bilan qaramoqda. Aynan mana shu omil bu transferga to‘siq bo‘lyapti.

Abduqodir Husanovga “Manchester Siti”, “Marsel”, “Real” va yana bir necha nufuzli klublarning jiddiy qiziayotganini inobatga olib, PSJ mutasaddilari ham uning transferi bo‘yicha yakuniy qarorga tezroq kelishi talab etiladi, - deb yozmoqda foot-sur7.fr nashri eksperti Timoti Jan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida “Lans”ga ko‘chib o‘tganidan beri bu jamoa safida barcha turnirlarda jami 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta golli pas ham uzatdi.

Legionerimizning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fayzullaevni Mbappe va 140 million evro turadigan o‘yinchiga tenglashtirishdi

Bu ish o‘xshasa, Husanov va Shomurodov bir biriga qarshi o‘ynaydi

Angliya varianti o‘xshamasa, Husanovni boshqa ligada kutayotganlar bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!