Angliya varianti o‘xshamasa, Husanovni boshqa ligada kutayotganlar bor!

  • 9 yanvar, 23:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans” va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari bilan Evropaning “top-5” chempionatlaridagi yigirmaga yaqin klublar e’tiboriga tushgan Abduqodir Husanovni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan jamoalar orasida Bundesliga vakillari ham bor.

Tecno

20 yoshli markaziy himoyachiga Germaniyaning amaldagi chempioni “Bayer Leverkuzen” va yosh iste’dodlar bilan ishlashda katta tajribaga ega “Borussiya Dortmund” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Xususan, nemis klublarining qiziqish asosli va jiddiy ekani haqida Fußball Transfers nashri  va sports.yahoo.com sayti kabi nufuzli manbalar ham xabar bermoqda.

Leverkuzen va Dortmund klublarining Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqayotgani bejiz emas, albatta. Birinchidan, har ikki klubning himoya markazida muammosi bor.

Dortmundliklar og‘ir jarohat olgan etakchi himoyachi Niklas Zyule xizmatidan foydalana olmayapti va uning o‘rnini aynan o‘zbek futbolchisi bilan to‘ldirishni istayapti. Qolaversa, jamoa himoyachilarning aksariyating yoshi 30 ga borib qoldi va kelajak uchun yosh o‘yinchilarni olish maqsadga muvofiq.

Leverkuzenliklar asosiy himoyachisi Jonatan Taning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqla. 28 yoshli futbolchi yozda erkin agent maqomida boshqa ligaga o‘tishni maqsad qilgan va bu o‘yinchiga “Barselona” da’vogarlik qilyapti. “Bayer”ning rejasi bo‘yicha Taning o‘rnini aynan Abduqodir Husanov bosa oladi.

Bundan tashqari, “Bayer” ham, “Borussiya Dortmund” ham yosh iste’dod egalarini bir necha mavsum o‘z safida o‘ynatib, ularning yangi qirralarini ochishda va keyinchalik grand klublarga katta summada transfer qilishga usta klublar hisoblanadi. Bu borada dortmundliklarning oldiga tushadigani yo‘q. Misol tariqasida, “Borussiya” yaqin yillar ichida Erling Xolandni “Manchester Siti”ga, Jud Bellingemni “Real”ga transfer qilganini keltirish mumkin.

Transferlar bo‘yicha ekspertlar orasida Abduqodir Husanovning yoshligini inobatga olib, “Manchester Siti” va “Real” kabi grand klublarga o‘tishdan oldin, navqiron o‘yinchilar bilan ishlashda o‘ziga xos tizim yaratgan jamoalarda o‘ynab, darajasini yanada ko‘tarishni maslahat berayotganlari ham yo‘q emas. Bundesliga klublari bu borada katta tajribaga ega.

- Nemis jamoalari Abduqodir Husanov va uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar Evropaning bir necha klublari bilan muzokara o‘tkazayotganidan xabardor. Qolaversa, iqtisodiy jihatdan Bundesliga klublari Evropa grandlari bilan raqobatlashishi qiyin. Shunga qaramay,  leverkuzenliklar ham, dortmundliklar ham imkon qadar Husanovni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi, - deb yozmoqda germaniyalik jurnalist Jek Minan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning yozida “Lans”ga ko‘chib o‘tgunga qadar, Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” jamoasi sharafini himoya qilgan.

20 yoshli markaziy himoyachi bir yarim yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va xalqaro maydonda hozirga qadar 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi!

“Lans” Husanovning narxini yana oshirdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!