
Abdurasul Ismoilov Vetnamda jang qiladi. Raqib ham ma’lum bo‘ldi
Xorazm boks maktabi tarbiyalanuvchisi, professional boksning engil vazn (61,2 kg) toifasi vakili Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini 27 fevral kuni Vetnamda o‘tkazadi. Ma’lumki, yurtdoshimiz Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Ushbu bokschimizni ayni kunlarda janglarga tayyorlab borayotgan murabbiy Bobur Najmiddinovning saytimizga ma’lum qilishicha, Ismoilov 8 raundlik reyting jangida ringga ko‘tariladi. Uning raqibi filippinlik Jon Jon Estrada bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz professional faoliyatida 9 ta jang o‘tkazib, 8 bora g‘alaba qozongan va bir marta mag‘lubiyatga uchragan.5 marotaba raqiblarini nokautga uchratgan. Filippin vakili esa, 11 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Mazkur jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar