
Abramov Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi
JCh-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlar arafasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 noyabr kuni yig‘inga kirishadi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov va uning shtabi ushbu yig‘inga jalb qilingan futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda 32 futbolchi nomi qayd etilgan bo‘lib, yig‘in davomida va Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan so‘ng Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan uchrashuvda ishtirok etadigan 23 futbolchi saralab olinadi.
Fikrlar